Seuldagi SITF-2023 doirasida TXTY-2023 koʻrgazma maydonlarini sotish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-7-may kunlari Seoul International Travel Fair SITF-2023 xalqaro yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Janubiy Koreyaning Seul shahridagi COEX konferentsiya va ko‘rgazma markazida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro yarmarka kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi turistik mahsulotlarini namoyish etdilar, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirokchilarni jalb etish uchun 4-may sanasida Seyshel orollari turizm tashkiloti, Hong Kong turizm tashkiloti va Nepal turizm tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, 5-may sanasida esa Kombodja qirolligi Turizm vazirligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etildi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on Seuldagi SITF-2023 doirasida TXTY-2023 koʻrgazma maydonlarini sotish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Dubaydagi ATM-2023 doirasida TXTY-2023 koʻrgazma maydonlarini sotish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 1-4-may kunlari Dubayda Arabian Travel Market ATM-2023 xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Eng yirik biznes markazi “World Trade Center Dubai”da Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi sayyohlik mahsulotlarini namoyish etishdi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun davlatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etishdi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on Dubaydagi ATM-2023 doirasida TXTY-2023 koʻrgazma maydonlarini sotish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi

INNOPROM doirasida TXTY-2023da ishtirok etish bo‘yicha hamkorlar va yirik tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar amalga oshirildi

Bugun, 24-aprel kuni Toshkentda uchinchi “Innoprom. Central Asia” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada delegatsiyamiz a’zolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun yirik tashkilotlar va hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etildi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on INNOPROM doirasida TXTY-2023da ishtirok etish bo‘yicha hamkorlar va yirik tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar amalga oshirildi

“Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov natijalari e’lon qilindi

Oldin xabar qilganimizdek, 2023-yilning 15-mart sanasida “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi TXTY-2023 ni autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tanlov e’lon qilingan edi.Tanlov natijalarini aniqlash va turli xildagi tadbirlar, festival hamda ko‘rgazmalarni o‘tkazishda tajribasi yuqori bo‘lgan tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni o‘rganish bo‘yicha joriy yilning 19-aprel kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tanlov bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiruvchi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tanlovga yuborilgan takliflar orasida “Team and CO Group” MCHJ kompaniyasi barcha shartlarni to‘liq qabul qilgani, yarmarkani tashkil etish mexanizmini o‘ylab topgani, reklama kampaniyasini ishlab chiqqani, reklama materiallari uchun kreativ g‘oyalarga ega ekanligi inobatga olindi. Ushbu faktlarga asoslanib, “Team and CO Group” MCHJ kompaniyasi tanlov g‘olibi sifatida tanlandi.Eslatib o‘tamiz: “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Toshkent shahri, “O‘zexpomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov natijalari e’lon qilindi

Belarusning “Отдыx-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

13-apreldan 15-aprelga qadar Belarusning Minsk shahrida “Отдыx-2023” turizm xizmatlarining 25-yillik yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik “БЕЛЭКСПО” koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, “Central asia travel” sayyohlik kompaniyasi vakillari kirdi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etildi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on Belarusning “Отдыx-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

EMITT-2023 doirasida TXTY-2023ga hamkor davlatlarni va yirik tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 12-aprelidan 15-apreliga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT Istanbul 2023” 26-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik TUYAP Fair & Congress Center kongress-koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi, Oʻzbekistonning sayyohlik kompaniyalari vakillari hamda Xorazm viloyatidan katta delegatsiya kirgan.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etilmoqda.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on EMITT-2023 doirasida TXTY-2023ga hamkor davlatlarni va yirik tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

AITF-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida, “Uzbekistan Airways” AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.

AITF-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davlat sayyohlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Ozarbayjon turoperatorlari bilan maydonchalarni faol sotish bo‘yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari hamda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish ishlari olib borildi.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on AITF-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Hotel Uzbekistan

Posted in Без рубрики | Comments Off on Hotel Uzbekistan

MITT-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-18-mart kunlari Rossiyaning Moskva shahrida “MITT” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Milliy stendimizni namoyish etuvchi delegatsiya tarkibida Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, O‘zbekiston mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

MITT-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida delegatsiyamiz a’zolari Rossiya turoperatorlari bilan qo’shma turlarni amalga oshirish bo’yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari va joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishdilar.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on MITT-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

“Ipak yo‘lida turizm” – TXTY-2023ni autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUK “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2023) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi “Ipak yo‘lida turizm” (TITF-2023) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 15-aprel, soat 16:00 ga qadar.
Ma’lumot uchun:
“Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatning jozibador turistik qiyofasini yaratish, shuningdek, xorijiy turistlar oqimini jalb etish, milliy turizm mahsulotlarining xalqaro turizm bozorida, jumladan professionallar va oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yil TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 2023-yilning 15-17-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar, TXTY tashkilotchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.

2)TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.

  • Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: СПЕЦИФИКАЦИЯ И СПИСОК УСЛУГ.pdf
  • Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100015, Oybek ko‘ch., 18 manziliga yuborilishi kerak.
    Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998 (78) 129 09 90 telefon orqali 9:00 dan 18:00 gacha Dushanbadan Jumagacha qo’ng’iroq qiling: yoki info@nationalprcentre.com elektron pochta orqali so’rov yuboring.
Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on “Ipak yo‘lida turizm” – TXTY-2023ni autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilinadi

Bosh hamkor

✅Kompaniyangizga Bosh hamkor maqomini berish

✅24 kv.m.  maydon taqdim etish va Bosh Hamkor stendini qurish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida Bosh hamkorning ko‘rsatilishi

✅Bosh hamkor vakiliga yarmarkaning tantanali ochilishida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash

✅Bosh hamkor rahbariyatiga yarmarkaning tantanali ochilishida nutq so‘zlash imkoniyatini ta’minlash

✅TXTY 2023 forumi doirasida o‘z shaxsiy sessiyasini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etish

✅Bosh hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Bosh hamkorga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 2 (ikki) ta qo‘sh sahifa taqdim etish

✅Yarmarka hududida Bosh hamkorning reklama materiallarini promouterlar tomonidan tarqatish huquqi

✅“Uzbekistan Travel” jurnalining TXTY 2023 ga bagʻishlangan maxsus sonida toʻliq sahifada maqola/intervyu chop etilishi

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish shoxobchasi yonida va shiftga osilgan 2 ta reklama bannerida hamkor logotipini (3x2m) joylashtirish

✅O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabulga 5 (besh) ta taklifnoma taqdim etilishi

Reklama materiallarida Bosh hamkor logotipini joylashtirish

✅Tadbir dasturida

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida

✅VIP va standart taklifnomalarda

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Ochilish marosimidagi bannerda

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish bannerida

✅Yarmarka hududidagi LED ekranlarda

✅Yarmarka katalogining muqovasida

✅Ko‘rgazma pavilyoni rejasida

✅Yarmarkaning barcha nishonlarida

Bosh hamkorga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarda reklama (60 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida ommalashgan logotip va bannerni (250 x 150) joylashtirish

✅Hamkor foto va video hisoboti (videoreportaj va qayta ishlangan fotosuratlar paketi).

Pudratchi tomonidan stendni qurish uchun ajratilgan maksimal summa paket narxining 20 foizini tashkil qiladi.  Bu limitdan oshgan summa mijoz tomonidan to‘lanadi.

 

 

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Bosh hamkor

“Gastro” Hamkor

✅Kompaniyangizga “Gastro hamkor” maqomini berish

✅200 kv.m.  ko‘cha maydonini brendlash va so‘ralgan dizayn bo‘yicha “Gastro zonasi” qurilishi

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida “Gastro hamkor”ning ko‘rsatilishi

✅Yarmarkaning matbuot anjumani va sessiyalarida “Gastro hamkor” vakilining ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish

✅Rahbariyatga taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash

✅“Gastro hamkor”ga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅“Gastro hamkor”ga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 2 (ikki) qo‘sh sahifa taqdim etish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan “Gastro hamkor”ning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅“Uzbekistan Travel” jurnalining TXTY 2023 ga bagʻishlangan maxsus sonida toʻliq sahifada maqola/intervyu chop etilishi

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish joyida va shiftga osilgan reklama bannerida (3x2m) hamkor logotipini joylashtirish

✅O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabulga 4 (to‘rt) ta taklifnoma taqdim etilishi

“Gastro hamkor”ning logotipini reklama materiallarida joylashtirish

✅Tadbir dasturida;

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida;

✅Yarmarka rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish bannerida

✅Yarmarka hududidagi LED ekranlarda

✅Yarmarka katalogining muqovasida

✅Ko‘rgazma pavilyoni rejasida

✅Yarmarkaning barcha nishonlarida

“Gastro hamkor”ga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarda reklama (60 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida ommalashgan logotip va bannerni joylashtirish

✅Yarmarka katalogida ma’lumot va kompaniya logotipini (50 so‘zgacha) joylashtirish

✅Hamkor foto va video hisoboti (videoreportaj va qayta ishlangan fotosuratlar paketi).

 

 

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on “Gastro” Hamkor

Premium hamkor

✅Kompaniyangizga Premium hamkor maqomini berish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida Premium hamkorning ko‘rsatilishi

✅Premium hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Premium Hamkorga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 1 (bir) sahifa taqdim etish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan Premium hamkorning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅Pavilyon ichida reklama qurilmalarini o‘rnatish imkoniyatini taqdim qilish

✅“Uzbekistan Travel” jurnalining TXTY 2023 ga bagʻishlangan maxsus sonida maqola/intervyu chop etilishi

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish joyida va shiftga osilgan reklama bannerida (3x2m) hamkor logotipini joylashtirish

✅O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabulga 2 (ikki) dona taklifnoma taqdim etilishi

Premium hamkor logotipini reklama materiallarida joylashtirish

✅Tadbir dasturida;

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida;

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish bannerida

✅Yarmarka hududidagi LED ekranlarda

✅Ko‘rgazma pavilyonlari rejasida

Premium hamkorga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarda reklama (30 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida elektron bannerni (hamkor saytiga o‘tish bilan) joylashtirish

✅Hamkor foto va video hisoboti (videoreportaj va qayta ishlangan fotosuratlar paketi)

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Premium hamkor

Hamkor Mamlakat/ Shahar

✅Kompaniyangizga hamkor Mamlakat/Shahar maqomini berish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida hamkor Mamlakat /Shaharning ko‘rsatilishi

✅TXTY 2023 forumi doirasida o‘z shaxsiy sessiyasini o‘tkazish imkoniyatining taqdim etilishi

✅Yarmarkaning umumiy dasturida hamkor Mamlakat /Shahar madaniy dasturini taqdim etish imkoniyati

✅Hamkor Mamlakat /Shaharga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Hamkor Hudud/Shaharga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 1 (bir) sahifa taqdim etish

✅Ko‘cha maydonida reklama qurilmalarini o‘rnatish imkoniyatini ta’minlash

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan Hamkor Hudud/Shaharning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅“Uzbekistan Travel” jurnalining TXTY 2023 ga bagʻishlangan maxsus sonida maqola/intervyu chop etilishi

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish joyida va shiftga osilgan reklama bannerida hamkor logotipini  (3x2m) joylashtirish

✅O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabulga 2 (ikki) ta taklifnoma taqdim etilishi

Hamkor Mamlakat/Shahar logotipini reklama materiallarida joylashtirish

✅Tadbir dasturida

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish joyidagi bannerda

✅Yarmarka hududidagi LED ekranlarda

✅Ko‘rgazma pavilyonlari rejasida

Hamkor Mamlakat/Shaharga  taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarda reklama (30 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida elektron bannerni (homiy saytiga o‘tish bilan) joylashtirish

✅Hamkor foto va video hisoboti (videoreportaj va qayta ishlangan fotosuratlar paketi).

 

 

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Hamkor Mamlakat/ Shahar

Kechki qabul hamkori

✅Kompaniyangizga Kechki qabul hamkori maqomini berish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida hamkorning ko‘rsatilishi

✅Hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan hamkorning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅Rasmiy kechki qabulda hamkor vakilining tabrik nutqi (3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan) imkoniyatini ta’minlash

✅Tadbirning ziyofat stollariga hamkorning maxsus belgisi tushirilgan suvenirini / sovg‘asini joylashtirish imkoniyatini ta’minlash

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish joyidagi va shiftga osilgan reklama bannerida (3x2m) hamkor logotipini joylashtirish

✅Hamkorga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 1 (bir) sahifa taqdim etish

Reklama materiallarida hamkor logotipini joylashtirish

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida;

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish joyidagi bannerda

✅Ko‘rgazma pavilyonlari rejasida

Hamkorga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarida reklama (20 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida elektron bannerni (homiy saytiga o‘tish bilan) joylashtirish

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Kechki qabul hamkori

Bosma mahsulotlar hamkori

✅Kompaniyangizga Bosma mahsulotlar hamkori maqomini berish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida hamkorning ko‘rsatilishi

✅Hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan hamkorning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅Hamkorga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida yarim sahifa taqdim etish

Reklama materiallarida hamkor logotipini joylashtirish

✅Barcha bosma materiallarda

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish joyidagi bannerda

Hamkorga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarida reklama (10 sek) roligini joylashtirish

✅Yarmarka saytida elektron bannerni (homiy saytiga o‘tish bilan) joylashtirish

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Bosma mahsulotlar hamkori

Eko-sumkalar hamkori

✅Kompaniyangizga eko-sumkalar hamkori maqomini berish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida hamkorning ko‘rsatilishi

✅Hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan hamkor logotipi bo‘lgan 1000 dona shopperni tarqatish huquqi

Reklama materiallarida hamkor logotipini joylashtirish

✅Bosma va elektron jurnal hamda katalogda

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish joyidagi bannerda

 

Posted in Hamkorlik paketlari | Comments Off on Eko-sumkalar hamkori

Modalar namoyishi hamkori

✅Kompaniyangizga Modalar namoyishi hamkori maqomini berish

✅Modalar namoyishi hamkori uchun reklama orolchasi taqdim etish

✅Yarmarkaning barcha matbuot xabarlarida Hamkorning ko‘rsatilishi

✅Hamkorga o‘z reklama kampaniyasida maqomni ko‘rsatgan holda yarmarka logotipidan foydalanish huquqini berish

✅Modalar namoyishida boshlovchilar tomonidan Modalar namoyishi hamkorini e’lon qilinishi

✅Hamkorga ma’lumot va logotipni joylashtirish uchun yarmarka ishtirokchilari katalogida 1 (bir) qo‘sh sahifa taqdim etish

✅Yarmarka hududida promouterlar tomonidan hamkorning reklama materiallarini tarqatish huquqi

✅“Uzbekistan Travel” jurnalining TXTY 2023 ga bagʻishlangan maxsus sonida maqola/intervyu chop etilishi

✅Barcha pavilyonlarda ro‘yxatga olish joyidagi va shiftga osilgan reklama bannerida (3x2m) hamkor logotipini joylashtirish

✅O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabulga 2 (ikki) ta taklifnoma taqdim etilishi

✅Hamkor logotipini modalar namoyishi taklifnomasida joylashtirish

Modalar namoyishi hamkori logotipini reklama materiallarida joylashtirish

✅Tadbir dasturida

✅Ko‘cha bannerlari va plakatlarida;

✅Yarmarkaning rasmiy saytida

✅Ochilish marosimidagi bannerda

✅Yarmarkaga ro‘yxatdan o‘tish joyidagi bannerda

✅Yarmarka hududidagi LED ekranlarda

✅Ko‘rgazma pavilyonlari rejasida

Modalar namoyishi hamkoriga taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar

✅Yarmarka hududidagi ekranlarida reklama (30 sek) roligini joylashtirish

✅Hamkor foto va video hisoboti (videoreportaj va qayta ishlangan fotosuratlar paketi).

Posted in Без рубрики | Comments Off on Modalar namoyishi hamkori

ITB Berlin doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 7-9-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro ko‘rgazmada qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari xodimlaridan iborat.

“ITB Berlin” doirasida delegatsiyamiz aʼzolari Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarining yirik sayyohlik agentliklari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida yevropalik hamkasblar Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik tadbiri haqida ma’lumot oldilar va shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentga taklif etildilar.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on ITB Berlin doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

IMTM-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

14-15-fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 Xalqaro O‘rtayer dengizi sayyohlik yarmarkasi (The International Mediterranean Tourism Market) bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari xodimlari tomonidan taqdim etildi.

IMTM-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida delegatsiyamiz a’zolari Isroil turoperatorlari bilan qo’shma turlarni amalga oshirish bo’yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari va joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishdilar.

Posted in TXTY yangiliklari | Comments Off on IMTM-2023 doirasida TXTY-2023 da maydonchalarni sotish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi