Bugun, 24-aprel kuni Toshkentda uchinchi “Innoprom. Central Asia” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada delegatsiyamiz a’zolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun yirik tashkilotlar va hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan