2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida, “Uzbekistan Airways” AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.

AITF-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davlat sayyohlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Ozarbayjon turoperatorlari bilan maydonchalarni faol sotish bo‘yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari hamda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish ishlari olib borildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan