Joriy yilning 1-4-may kunlari Dubayda Arabian Travel Market ATM-2023 xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Eng yirik biznes markazi “World Trade Center Dubai”da Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi sayyohlik mahsulotlarini namoyish etishdi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun davlatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etishdi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan