Joriy yilning 4-7-may kunlari Seoul International Travel Fair SITF-2023 xalqaro yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Janubiy Koreyaning Seul shahridagi COEX konferentsiya va ko‘rgazma markazida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro yarmarka kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi turistik mahsulotlarini namoyish etdilar, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirokchilarni jalb etish uchun 4-may sanasida Seyshel orollari turizm tashkiloti, Hong Kong turizm tashkiloti va Nepal turizm tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, 5-may sanasida esa Kombodja qirolligi Turizm vazirligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan