14-15-fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 Xalqaro O‘rtayer dengizi sayyohlik yarmarkasi (The International Mediterranean Tourism Market) bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari xodimlari tomonidan taqdim etildi.

IMTM-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida delegatsiyamiz a’zolari Isroil turoperatorlari bilan qo’shma turlarni amalga oshirish bo’yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari va joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishdilar.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan