13-apreldan 15-aprelga qadar Belarusning Minsk shahrida “Отдыx-2023” turizm xizmatlarining 25-yillik yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik “БЕЛЭКСПО” koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, “Central asia travel” sayyohlik kompaniyasi vakillari kirdi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan