2023-yilning 12-aprelidan 15-apreliga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT Istanbul 2023” 26-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik TUYAP Fair & Congress Center kongress-koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi, Oʻzbekistonning sayyohlik kompaniyalari vakillari hamda Xorazm viloyatidan katta delegatsiya kirgan.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etilmoqda.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan