2024-yilning 6-9-fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT 2024” 27-xalqaro sayyohlik yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Eng yirik TUYAP Fair & Congress Center kongress-koʻrgazma markazida Oʻzbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazma davomida delegatsiyamiz vakillarining Turkiya va boshqa mamlakatlardagi yirik sayyohlik kompaniya va tashkilotlari bilan B2B formatida o‘tkazgan ishbilarmonlik uchrashuvlari O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish imkonini berdi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi sayyohlik mahsulotlarini ham namoyish etishdi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish boʻyicha mamlakatlar va yirik tashkilotlarning hamkorlarini jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etishdi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan