TXTY-2024 GA TASHRIF QOIDALARI

1. KIRISH

1.1.  Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Tashkilotchi deb yuritiladi)  hamkorligida o‘tkaziladigan TXTY-2024 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasiga (keyingi o‘rinlarda Yarmarka deb yuritiladi) tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibini, shuningdek, yarmarkaga tashrif buyuruvchilar uchun axloq qoidalarini belgilaydi.

1.2.  Yarmarkaga tashrif buyurishga, tashrif buyuruvchi ushbu Qoidalar bilan tanish bo‘lsa va ularga rozi  bo‘lsagina ruxsat etiladi.

1.3.  Tadbirlar o‘tkaziladigan ko‘rgazma majmualari ma’muriyati tomonidan belgilangan tashrif qoidalari ushbu Qoidalarga zid bo‘lmagan darajada qo‘llaniladi.

2. TADBIRGA KIRISH

 2.1.  Tadbirga kirish uchun Tadbirga tashrif buyuruvchining guvohnomasi – ko‘krak nishoni (beydj) asos bo‘lib, unda uning familiyasi, ismi va agar kerak bo‘lsa, tashrif buyuruvchi vakili bo‘lgan tashkilot haqidagi ma’lumotlarlar berilgan bo‘ladi.

2.2.  Ko‘krak nishonini ishtirokchi TXTY-2024 veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, yarmarkaga kiraverishdagi ro‘yxatga olish stolidan olishi mumkin.

2.3.  Tashrif buyuruvchilarga nishonni boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi.  Tashkilotchi ko‘krak nishonida ko‘rsatilgan familiya va ismning tashrif buyuruvchining familiyasi va ismiga mosligini tekshirishga haqli, buning uchun Tadbirga o‘tishni nazorat qiluvchi shaxs tashrif buyuruvchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishni talab qilish huquqiga  ega.

2.4.  Agar nishon yo‘qolgan bo‘lsa, tashrif buyuruvchi uni qayta tiklash uchun Tadbirni ro‘yxatga olish stoliga murojaat qilishi kerak.

3. YOSH BO‘YICHA CHEKLOVLAR

 3.1.  Yarmarkaga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning tashrif buyurishi, agar ular kattalar hamrohligida bo‘lsagina, mumkin.

3.2.  Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi 848-son qarorida nazarda tutilgan hollarda yarmarkaga tashrif buyuruvchilarni kiritishda yosh cheklovlarini belgilashga haqli.

4. ODOB-AXLOQ QOIDALARI

 4.1.  Tashrif buyuruvchilar yarmarka o‘tkaziladigan ko‘rgazma majmuasi hududida va unga tutash hududda jamoat tartibiga rioya qilishlari, shuningdek, Tashkilotchi va ko‘rgazma majmuasi ma’muriyatining qonuniy talablarini bajarishlari shart.

4.2.  Tashrif buyuruvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

4.2.1.  Yarmarka hududiga har qanday turdagi o‘qotar, gazli va sovuq qurollarni olib kirish;

4.2.2.  Yarmarka hududiga portlovchi moddalar,  tez yonuvchi materiallar, barcha turdagi pirotexnika vositalari, shuningdek, zaharli va o‘yuvchi moddalarni olib kirish;

4.2.3.  Yarmarka hududida alkogolli, giyohvandlik vositalari va psixotrop vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish hamda alkogolli, giyohvandlik yoki toksik moddalar ta’sirida bo‘lish;

4.2.4.  Yarmarka hududiga hayvonlar bilan kirish;

4.2.5.  Yarmarka o‘tkaziladigan ko‘rgazma majmuasi ichki hududining qat’iy chiziqlar bilan belgilangan qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida kesib o‘tish, shuningdek, qatnov qismi bo‘ylab harakatlanish;

4.2.9.  Quyidagilarga aylanishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish: Tashkilotchining, yarmarka va/yoki ko‘rgazma majmuasi ishtirokchilarining mulkiga, yarmarka hududida joylashgan odamlarning hayoti yoki sog‘lig’iga tahdid manbai;  yarmarka xavfsizligini ta’minlashda to‘siqlar yoki huquqbuzarliklar manbai;

4.2.10.  Bolalarni qarovsiz qoldirish;

4.2.11.  Tadbir o‘tkaziladigan hududda ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar, yurishlar, piketlar, shuningdek, tasdiqlanmagan boshqa reklama kampaniyalari va fleshmoblarni tashkil etish va o‘tkazish;

4.2.12.   Tilanchilik bilan shug‘ullanish, yarmarka hududini ifloslantirish va axlat tashlash;

4.2.13.   Boshqa tashrif buyuruvchilar va eksponatlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar, bagaj, buyumlar olib kirish  hamda iflos kiyimlarda bo‘lish ;

4.2.14.  Maxsus ajratilgan joylardan tashqari yarmarka o‘tkaziladigan ko‘rgazma majmuasining binolari va ochiq maydonida chekish, shu jumladan elektron sigaretalar chekish.

4.3.  Yarmarka hududida egasiz yoki shubhali ashyolar aniqlansa, tashrif buyuruvchilar bu haqda Tashkilotchi vakiliga yoki ko‘rgazma majmuasi xodimiga zudlik bilan xabar berishlari shart.

4.4.  Tashrif buyuruvchilar yarmarka maydoniga kiraverishda osilgan yong‘in vaqtida evakuatsiya qilish rejasi bilan tanishishlari kerak.

4.5.  Yarmarka hududida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, tashrif buyuruvchilar Tashkilotchi vakillari va/yoki ko‘rgazma majmuasi xodimlarining talablariga rioya qilishlari shart.

5. MAS’ULIYAT

 5.1.  Quyidagi hollarda Tashrif buyruvchiga Tadbirga kirish taqiqlanishi yoki undan chiqarib yuborilishi mumkin:

5.1.1.  Yarmarka o‘tkaziladigan ko‘rgazma majmuasi hududiga olib kirish taqiqlangan buyumlar bilan kirishga urinayotganda;

5.1.2.  Jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etilganda;

5.1.3.  Ushbu Qoidalar hamda Tashkilotchi va/yoki ko‘rgazma majmuasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq talablar bajarilmagan taqdirda.

5.2.  Agar tashrif buyuruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, uni ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga berilishi mumkin.

5.3.  Yarmarka Tashkilotchisi, ko‘rgazma majmuasi yoki ishtirokchilarining mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zarar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan