Avval xabar qilinganidek, 2026-yil 2-aprelda “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini (TXTY-2026) autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi. Arizalar 2026-yil 8-aprelgacha qabul qilindi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-aprel kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DMda tanlov natijalarini sarhisob qilish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida tadbirlar, festivallar va ko‘rgazmalar o‘tkazishda katta xalqaro tajribaga ega tashkilotlardan kelib tushgan turli takliflar ko‘rib chiqildi va o‘rganildi.
Taqdim etilgan arizalar orasida “Iteca Exhibitions” MCHJ tanlov shartlarini to‘liq qabul qilgani, yarmarkani tashkil etish mexanizmini taklif etgani, reklama kampaniyasini ishlab chiqqani hamda zarur reklama materiallarini taqdim etgani qayd etildi.
Yuqoridagilarga asosan “Iteca Exhibitions” MCHJ tanlov g‘olibi deb topildi.
“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2026) joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “CAEx” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan