Avval ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini (TXTY-2025) tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha joriy yilning 28-aprel sanasiga qadar tanlov e’lon qilgan edi.
2025-yilning 15-may sanasida ushbu tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilingan arizalar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni 61-moddasiga asosan hamda “Milliy PR-markazi” DUKning joriy yil 15-maydagi 01-07/21-sonli bayoniga muvofiq tanlov qayta o‘tkazilishi belgilandi.
Shu munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini (TXTY-2025) tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha qaytadan ochiq tanlov e’lon qiladi.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 22-may, soat 16:00.
“Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatning jozibador turistik qiyofasini yaratish, shuningdek, xorijiy turistlar oqimini jalb etish, milliy turizm mahsulotlarining xalqaro turizm bozorida, jumladan professionallar va oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yil TXTY-2025 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 2025-yilning 20-22-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar, TXTY tashkilotchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
2)TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.
Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: SPETSIFIKATSIYA VA XIZMATLAR RO‘YXATI
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100015, Oybek ko‘ch., 18 manziliga yuborilishi kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 (78) 129 09 90 telefon orqali 9:00 dan 18:00 gacha Dushanbadan-Jumagacha qo‘ng‘iroq qiling: yoki info@nationalprcentre.com elektron pochta orqali so‘rov yuboring.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan