2024-yil 22-fevral kuni Hindistonda “SATTE Travel Expo 2024” 31-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi eng yirik India Expo Mart ko‘rgazma majmuasida mamlakat milliy stendini taqdim etdi.

Ko‘rgazmada yetakchi xalqaro sayyohlik kompaniyalari ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining eng yaxshi takliflarini taqdim etdi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, turli sektor va segmentlarda turizmni rivojlantirish strategiyalarini muhokama qildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz aʼzolari 22-fevraldan 24-fevralga qadar uch kun davomida yangi sayyohlik mahsulotlarini taqdim etishdi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm tadbiri – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish boʻyicha davlatlar va yirik tashkilotlar hamkorlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar tashkil etishdi. Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2024.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan