31- Xalqaro «Ipak yo`lida turizm – TITF 2026» ko`rgazmasi

25 - 27 noyabr 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov turizm sohasi xodimlariga murojaatni o‘qib eshittirdi

Tabrik matnida ochiqlik siyosati, vizalar rejimini soddalashtirish, transport va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish turizm sohasiga yangi turtki bergani qayd etilgan.

2025 yilda O‘zbekistonga qariyb 12 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, turistik xizmatlar eksporti esa 4,8 mlrd dollarga yetdi.

Shuningdek, turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy xizmatlarni kengaytirish va O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Soha xodimlari mehnatini e’tirof etish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi turizmining faxriy xodimi» degan faxriy unvon ta’sis etish taklif qilingan.

Manba
Axborot ko`magi