31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi "Ipak yo`lida turism - TXTY 2026"

25 - 27 noyabr 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Toshkent 2027-yil uchun Turk dunyosining Turizm poytaxti deb nomlandi: O‘zbekiston ramziy kalitni qabul qildi

2026-yil 7-noyabr kuni Istanbulda 6-Xalqaro Turk dunyosi kino festivali “Korkut Ata”ning yopilish va mukofotlash marosimi doirasida ramziy kalitni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu topshirish Toshkentning “2027-yil uchun Turk dunyosining Turizm poytaxti” etib belgilanganini anglatdi.

Tadbir davomida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulovga 2026-yil uchun Turk dunyosining Turizm poytaxti bo‘lgan Anqaradan ramziy kalitni topshirdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Mehmet Nuri Ersoy Toshkentning ushbu nufuzli maqomga ega bo‘lgani munosabati bilan O‘zbekistonni samimiy tabriklab, mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, o‘ziga xos an’analari hamda turizm salohiyatini ta’kidladi. U, shuningdek, ushbu maqom turkiy davlatlar o‘rtasidagi turizm aloqalarini yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov festival ishtirokchilarini tabriklab, barcha turkiy davlatlar vakillarini kelasi yili Turk dunyosining Turizm poytaxti bo‘ladigan Toshkentga tashrif buyurishga taklif etdi. U, shuningdek, kino sohasi vakillarini O‘zbekistonga kelishga va o‘z ijodiy ishlari orqali mamlakatning noyob tarixiy obidalari, qadimiy shaharlari, go‘zal manzaralari hamda boy madaniy merosini kengroq xalqaro auditoriyaga namoyish etishga chaqirdi.

Manba