28 sentabr 2026
Butunjahon turizm kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7943) Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi. Tabrikda ochiqlik siyosati, viza rejimini soddalashtirish, transport va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish turizm sohasiga yangi turtki bergani qayd etildi. 2025 yilda O‘zbekistonga qariyb 12 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, turizm xizmatlari eksporti esa 4,8 mlrd dollarga yetdi. Shuningdek, turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy xizmatlarni kengaytirish va O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Soha xodimlari mehnatini e’tirof etish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining faxriy turizm xodimi» faxriy unvonini ta’sis etish taklif qilindi.
Batafsil o'qish