31- Xalqaro «Ipak yo`lida turizm – TITF 2026» ko`rgazmasi

25 - 27 noyabr 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Osaka ko‘chalarida O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etildi

Yaponiyaning Osaka shahridagi mashhur turistik hudud Namba-Dotonborida O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi.

Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan reklama kampaniyasi 26 oktyabrdan 1 noyabrgacha davom etdi. Ushbu davrda ko‘cha ekranlarida 15 soniyalik reklama roliklari namoyish etildi.

«O‘zbekistonga xush kelibsiz – Ipak yo‘lining yuragi!» shiori ostida suratga olingan videoroliklar tufayli Yaponiya aholisi mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosi, Samarqand, Buxoro va Xivaning noyob yodgorliklari, shuningdek, zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Namba-Dotonbori har kuni minglab mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Ushbu hudud o‘zining restoranlari, savdo-ko‘ngilochar markazlari va ulkan reklama ekranlari bilan mashhur.

Manba

Axborot ko`magi