Yangiliklar
O‘zbekistonga sakkiz oy ichida 9,1 mln. sayyoh keldi
2026 yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda 9 102 729 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 1,6 mln. kishiga, ya’ni 21,1% ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan keldi — 2 524 378 kishi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, undan Oʻzbekistonga 2 171 581 nafar sayyoh kelgan.
Tojikistondan sakkiz oy ichida mamlakatga 2 025 400 kishi tashrif buyurdi, Rossiyadan — 867 757, Afg‘onistondan — 329 620.
Birinchi o‘nlikka shuningdek 318 465 nafar sayyoh bilan Xitoy, 224 766 — Turkmaniston, 130 155 — Turkiya, 39 538 — Hindiston va 32 249 kishi bilan Germaniya ham kirdi.
Shunday qilib, yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga eng katta turistik oqimni Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlari — Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston ta’minladi.
Manba