31- Xalqaro «Ipak yo`lida turizm – TITF 2026» ko`rgazmasi

25 - 27 noyabr 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Hujjatda maxsus turpaketlar yaratish, kasaba uyushmalari va turizm tashkilotlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish hamda Oʻzbekiston turizmini Rossiyada ommalashtirish koʻzda tutilgan.



Tomonlar oilaviy va bolalar, sog‘lomlashtirish, tibbiy, madaniy, ekologik va chang‘i turizmini rivojlantirishni rejalashtirgan.



Tatariston, Boshqirdiston va Rossiyaning boshqa viloyatlari aholisi uchun ziyorat turizmiga alohida e’tibor qaratiladi. Yo‘nalish Samarqand, Buxoro, Toshkent, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasini o‘z ichiga olishi mumkin.



Ishbilarmonlik va sanoat turizmi ham rivojlantiriladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi.



Manba

Axborot ko`magi