Yangiliklar
O‘zbekiston va Indoneziya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.
Tomonlar Toshkent – Jakarta yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi O‘zR hukumat portali.Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilish uchun mahalliy turoperatorlarga har bir turist uchun $100 miqdorida subsidiya berish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yangi aviareyslarni subsidiyalash mexanizmlarini qo‘llash masalasi ham muhokama qilindi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, Buxoro va Samarqandni Indoneziya bozorida ziyorat turizmi yo‘nalishlari sifatida targ‘ib qilish va maxsus marshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Manba