Yangiliklar
O‘zbekiston mustaqil sayohat qilish uchun eng yaxshi beshta davlat qatoriga kiritildi
O‘zbekiston amerikalik Much Better Adventures sayohat platformasi reytingiga ko‘ra, mustaqil sayohatlar uchun eng yaxshi beshta yo‘nalish qatoriga kirdi – bu haqida Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Solo Travel Index 2026 doirasida jami 26 ta mamlakat o‘rganildi. O‘zbekiston top-5ga kirib, Italiya, Yaponiya va Portugaliya kabi mashhur turistik yo‘nalishlar bilan bir qatorda joy oldi.
Reyting tuzilishida ekspertlar bron qilish tendensiyalari, sayohatchilarning taassurotlari, Global Peace Index (tinchlik va xavfsizlik indeksi), viza olishning qulayligi, ovqatlanish narxlari, shuningdek, biologik xilma-xillik ko‘rsatkichlarini hisobga oldilar.
O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda, unga bo‘lgan qiziqish esa AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilgandan so‘ng amerikalik sayohatchilar orasida ortib bormoqda. Mamlakatning boy tarixi, o‘ziga xos tabiati va rivojlangan turistik infratuzilmasi uni sarguzasht ishqibozlari uchun jozibali yo‘nalishga aylantiradi, – deyilgan materialda.
Manba: repost.uz