“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) – O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatidagi muhim voqelikdir.
TXTY 1995-yildan buyon BMT Jahon turistik tashkiloti – UNWTO rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.
TXTY bugungi kunda turizm mutaxassislari uchun global uchrashuv maydonchasidir. Unda o‘nlab mamlakatlarning sayyohlik imkoniyatlari taqdimotlari, turizm sohasidagi yuzlab mutaxassislarning ishbilarmonlik muzokaralari, xalqaro turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkaziladi.

O‘tgan yilgi TXTY-2023 yarmarkasi butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislarini birlashtirdi va ko‘p jihatdan ushbu sohaning barcha vakillari: ishbilarmon doiralar, yetakchi sayyohlik kompaniyalari xodimlari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, turizm sohasidagi ta’lim muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, MICE turizm vakillari uchun samarali bo‘ldi. TXTY-2023da 30 davlatdan 300 dan ortiq soha vakillari qatnashdi.