O‘zbekiston turizm industriyasining eng yirik tadbiri – “Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – TXTY-2022ga xush kelibsiz.

?TXTY haqida bir necha faktlar:

✅TITF xalqaro turistik yarmarkasi 1995-yildan beri BMT Jahon turistik tashkiloti – UNWTO rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.

✅TXTY tarixidagi eng yirik tadbir TXTY 2019-yarmarkasi bo‘lib, unda 30 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi, ulardan 1000 dan ortig‘i xorijiy turizm mutaxassislari edi.

✅TXTY-2019 Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi davomida 15 000 dan ortiq muzokaralar olib borildi va 9 000 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.

✅Har yili dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar TXTY ishtirokchilariga aylanishadi, jumladan:

– hududiy boshqarmalar

– mahalliy va xorijiy turoperatorlar

– yetakchi turistik agentliklari

– temir yo‘l va aviakompaniyalar

– transport agentliklari

– mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari

– turistik dam olish zonalari, -tibbiyot markazlari, sanatoriylar va ixtisoslashtirilgan klinikalar

– MICE turizmiga ixtisoslashgan kompaniyalar.

Har yili yarmarka dasturi doirasida konferentsiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turistik xizmatlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston hududlari turistik salohiyati taqdimotlari, Gastro Bazaar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Yarmarka tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Milliy PR-markaz” DUK.

Ro'yhatdan o'tish