Xalqaro ko‘rgazmalar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z brendini bozorda targ‘ib qilishning asosiy vositasi bo‘lib, bu o‘zlarining ko‘rgazma pavilyonlari orqali milliy imijini oshirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Xo‘sh, nima uchun TXTY-2024 ga tashrif buyurishingiz kerak?

Birinchidan, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan biznes aloqalarini o’rnatish imkoniyati;

Ikkinchidan – B2B uchrashuvlari, konferensiyalari, taqdimotlari, seminarlarida ishtirok etish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyati;

Uchinchidan – yarmarkaning boy dasturi – ko’plab xorijiy davlatlar o’z stendlari bilan ishtirok etadigan ko’rgazmalar; yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida forumlar va sessiyalar; mahorat darslari, bu yerda siz o’z ishining ustalarini ko’rasiz, mamlakatning madaniy merosini bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz; taniqli xalqaro va milliy dizaynerlar bilan tanishishingiz mumkin bo’lgan moda namoyishi (yopiq marosim); xalqaro oshpazlarning mahorat darslari;

To‘rtinchidan – O‘zbekistonning milliy muhitini his qilish, mamlakatimiz hududlari, ularning boy madaniyati va ko‘p asrlik an’analari bilan yaqindan tanishish;

Beshinchidan – dunyoning turli xalqlarining madaniy merosi bilan tanishish.

O‘zbekistondagi yilning eng muhim turistik tadbirini o‘tkazib yubormang!

TXTY-2024ga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga kiring:  https://titf.uz/uz/2023-yilda-ishtirok-etishga-ariza/

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan