2023-yil 1-sentyabrdan 3-sentyabrgacha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “MATTA Fair 2023” 35-xalqaro туризм yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Malayziyaning MITEC yirik xalqaro savdo-ko‘rgazma markazida O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi marta mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining “MATTA Fair 2023” turizm yarmarkasidagi ishtiroki Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” davlat unitar korxonasi vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Xalqaro yarmarka davomida Malayziya turizm tashkiloti, Koreya milliy turizm tashkiloti, Tayvan turizm byurosi, Filippin turizmni targʻib qilish kengashi, Turkiya Respublikasi Elchixonasi, Yaponiya milliy turizm tashkiloti kabi turizm boʻyicha davlat tashkilotlari va marketing kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishbilarmon doirasining Malayziya turoperatorlari bilan ko‘rgazma maydonlarining faol savdosi va joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan