O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DM “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2026)ni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha autsorsing huquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 8-aprel, soat 16:00.

“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi qaroriga muvofiq, mamlakatning jozibador turistik imijini yaratish, xorijiy sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy turistik mahsulotning xalqaro turizm bozorida ham professionallar, ham oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumati belgilagan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yil TXTY-2026 yarmarkasi 2026-yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “CAEx” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan:

1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar TXTY tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan shartlar hisobga olingan holda amalga oshirilishi lozim.

2) TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.

Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: 👉SPETSIFIKATSIYA VA XIZMATLAR RO‘YXATI

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DMga quyidagi manzil bo‘yicha yuboriladi: O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 18.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha +998(78)1290990 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki info@nationalprcentre.com elektron pochtasiga so‘rov yuboring.

TXTY-2025 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan