Joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi — “Ipak yo‘lida turizm” nomi ostida 31-bor Toshkentda “CAEx” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

1995-yildan buyon Butunjahon Turizm Tashkiloti ko‘magida o‘tkazib kelinayotgan ushbu yarmarka yillar davomida nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqaning eng muhim turizm platformalaridan biriga aylandi. Bu yerda g‘oyalar uchrashadi, hamkorliklar boshlanadi va yangi yo‘nalishlar ochiladi.

O‘tgan yil — TXTY-2025 qanday o‘tgandi?

3 kun davomida 44 ta stend, 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar, minglab B2B uchrashuvlari va muhim kelishuvlar. 15 000+ tashrif buyuruvchi — Fransiyadan tortib Yaponiya va Buyuk Britaniyagacha. Bu shunchaki yarmarka emas, balki global turizm uchrashuvi edi.

Ammo… bu yil hammasi boshqacha bo‘ladi. TXTY-2026 — bu yangicha format, kengroq imkoniyatlar va yanada kuchli networking maydoni. Bu safar yarmarka:

— dunyoning turli burchaklaridan milliy stendi bilan qatnashuvchi davlatlarni;

— yetakchi xalqaro turizm va sayyohlik kompaniyalarini;

— yirik mehmonxona va transport tarmoqlarini;

— diplomatik korpus vakillarini;

— turizm ta’lim va tibbiyot muassasalarini;

— xalqaro turizm sohasidagi investor va biznes vakillarini;

— va MICE industriyasi professionalarini birlashtiradi.

Bu nafaqat ishtirok etish, balki rivojlanish, ilhom olish va yangi hamkorliklar sari katta qadam bo‘ladi.

Bu yilgi TXTY — bu kelajak turizmining boshlanish nuqtasi.

Eng qiziqarli yangiliklar, ishtirokchilar va eksklyuziv tafsilotlar hali oldinda…

Biz bilan qoling — eng muhim yangiliklarni birinchilardan bo‘lib bilib oling!

TXTY-2025 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan