2025-yilning 27-29-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) bo‘lib o‘tadi. Yarmarka tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DM hamda “Interforum” DUK. An’anaga ko‘ra, tadbirning bosh hamkori “Uzbekistan Airways ” milliy aviatashuvchisi bo‘lib, ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etishda har tomonlama ko‘mak va yordam ko‘rsatmoqda. Bu yil ham Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro koʻrgazmalar markazida boʻlib oʻtadi.

TXTY turizm mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi, hamkorlik uchun ishbilarmonlik aloqalari va aloqalarini o‘rnatuvchi eng yirik axborot tadbiridir. So‘nggi o‘ttiz yillikda TXTY turizm sohasidagi eng qiziqarli tadbirlardan biri sifatida o‘zini namoyon qila oldi va har yili Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning rasmiy ko‘magida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbir hisoblanadi.

2024-yilda TXTY 1500 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilarni, “Hosted Buyers” dasturi boʻyicha 7 ta xorijiy va 30 dan ortiq mahalliy va xalqaro sayyohlik kompaniyalarini, shuningdek, 30 ta davlatdan 13 500 dan ortiq tashrifchilarni qabul qildi. Bundan tashqari, o‘tgan yilgi yarmarkada turizm sohasi vakillari o‘rtasida 8 mingdan ortiq shartnoma imzolangani, 20 mingdan ortiq muzokaralar o‘tkazilgani bilan tarixda qoldi. Bular TXTYning turizmni rivojlantirish katalizatori sifatidagi ahamiyatidan dalolat beruvchi muhim  raqamlardir.

Bu yilgi yarmarka ham butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ko‘p jihatdan ushbu sohaning barcha vakillari – yetakchi turizm va transport kompaniyalari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, mamlakatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, turizm sohasi, shuningdek, MICE turizmi vakillari uchun foydali bo‘ladi.

Yarmarka doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etadigan sayyohlik ko‘rgazmasi, 30 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ziyod oshpaz bellashadigan mashhur oshpazlar ishtirokidagi gastro-bozor, jurnalistlar, blogerlar va turizmni targ‘ib qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun “Media Campus” interaktiv maydoni tashkil etiladi. Shuningdek, turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirokida aviatsiya, ta’lim, ekologiya va ziyorat mavzularida forumlar va sessiyalar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, turli mamlakatlardan kelgan xususiy kompaniyalar vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik san’ati ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Shuningdek, TXTY-2025 maydonchasida mahalliy aholi, MDH, Osiyo va Yevropa davlatlaridan keladigan 15 ming nafargacha tashrif buyuruvchi ishtiroki kutilmoqda. Tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi turistik yo‘nalishlar bilan tanishish, turli mamlakatlarning rang-barang madaniyati va an’analarini his qilish, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yangi sayyohlik maskanlarining salohiyatini baholash imkoniga ega bo‘ladilar.

“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish turizm sohasi mutaxassislari va sayohat ishqibozlari uchun ko‘plab afzalliklarni beradi:

✅Tadbirkorlik bitimlarini amalga oshirish;

✅Yangi hamkorlarni izlash;

✅Soha rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

✅Turizm mahsulotlarini ommalashtirish;

✅Yangi tendensiyalar bilan tanishish;

✅Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.

Shu bilan birga, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yirik kompaniyalar va vakolatxonalarning O‘zbekistonga jalb etilishiga, kiruvchi va chiquvchi yo‘lovchilar va chiqish turizmining ko‘payishiga, shuningdek, turistik xizmatlarning barcha turlari uchun talabning ortishiga xizmat qilmoqda.

O‘ta keng ko‘lamdagi xalqaro turizm tadbiri ishtirokchisi boʻlish imkoniyatini va oʻz sayyohlik biznesingizni ochish, shuningdek, jahon turizm sanoati mutaxassislari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

www.titf.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali har kim TXTY-2025 tashrifchisi bo‘lishi va tadbirda ishtirok etish qoidalari bilan tanishishi mumkin.

Matbuot xabarini yuklab olish

TXTY-2024 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan