30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) doirasida 2025-yilning 27-29-noyabr kunlari Toshkent bo‘ylab mehmonlarning tadbir o‘tkaziladigan joy – CAEx ko‘rgazma markaziga harakatlanishini osonlashtirish uchun bepul avtobuslar tashkil etiladi. Shattlbaslar shaharning asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanadi va har bir kishi yarmarkaga va orqaga qaytishi uchun qulay jadval asosida ishlaydi.

Shattlbas yo‘nalishlari:

“Tashkent City Mall” – CAEx

Jo‘nab ketish joyi: Tashkent City Mall

Avtobuslar soni: 1

Ketish vaqti:

“Tashkent City Mall”dan: 10:00, 12:00, 14:00

CAEx dan qaytish: 11:00, 13:00, 15:00, 16:00

 

“Kayan” biznes majmuasi – CAEx

Jo‘nab ketish joyi: “Kayan” biznes majmuasi (Tashselmash chorraxasi)

Avtobuslar soni: 1

Ketish vaqti:

“Kayan” biznes majmuasi : 10:00, 11:00, 12:00, 13:00, 14:00, 15:00

CAEx dan qaytish: 10:30, 11:30, 12:30, 13:30, 14:30, 15:30, 16:30

 

“O‘zbekiston” mehmonxonasi – CAEx

Jo‘nab ketish joyi: “O‘zbekiston” mehmonxonasi

Avtobuslar soni: 1

Ketish vaqti:

“O‘zbekiston” mehmonxonasidan: 10:00, 11:00, 12:00, 13:00, 14:00, 15:00

CAEx dan qaytish: 11:30, 12:30, 13:30, 14:30, 15:30, 16:30

 

Shattlbasdan qanday foydalanish kerak

Bepul shattlbaslar tashrif buyuruvchilarga CAEx ko‘rgazma markaziga stresssiz va qulay sayohat qilish imkonini beradi, u yerda ularni boy tadbirlar dasturi, jumladan, konferensiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlari va boshqa ko‘p narsalar kutadi.

Muhim maslahatlar:

Ertaroq yetib keling: Shattlbaslar ko‘p sonli yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, shuning uchun bekatlarga biroz erta yetib kelish tavsiya etiladi;

Vaqtni kuzatib boring: Shattlbaslar keyingi yo‘nalishga o‘z vaqtida qaytib kelishi uchun har bir marshrut qat’iy jadval asosida ishlaydi;

Yangilanishlardan xabardor bolib turing: Ehtimoliy jadval o‘zgarishlaridan xabardor bo‘lish uchun TXTYni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Ushbu qulay shattlbaslar TXTY tashkilotchilari bu yil tayyorlagan barcha narsadan zavqlanib, tirbandliklarning oldini olish va sayohat vaqtini tejash uchun ajoyib imkoniyatdir!

TXTY-2024 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan