Oldin xabar qilganimizdek, 2023-yilning 15-mart sanasida “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi TXTY-2023 ni autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tanlov e’lon qilingan edi.Tanlov natijalarini aniqlash va turli xildagi tadbirlar, festival hamda ko‘rgazmalarni o‘tkazishda tajribasi yuqori bo‘lgan tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni o‘rganish bo‘yicha joriy yilning 19-aprel kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tanlov bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiruvchi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tanlovga yuborilgan takliflar orasida “Team and CO Group” MCHJ kompaniyasi barcha shartlarni to‘liq qabul qilgani, yarmarkani tashkil etish mexanizmini o‘ylab topgani, reklama kampaniyasini ishlab chiqqani, reklama materiallari uchun kreativ g‘oyalarga ega ekanligi inobatga olindi. Ushbu faktlarga asoslanib, “Team and CO Group” MCHJ kompaniyasi tanlov g‘olibi sifatida tanlandi.Eslatib o‘tamiz: “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Toshkent shahri, “O‘zexpomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan