O‘tgan yilning 23-avgust kuni “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘ylab qurilgan ajoyib “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi sakkizta mehmonxona (ulardan ikkitasi 5 yulduzli va ikkitasi 4 yulduzli), to‘rtta butik mehmonxona, kongress markazi va “Abadiy shahar” karvonsaroyini o‘z ichiga oladi.  Majmuada qadimiy bozor, Oʻzbekistonning 14 hududi anʼanalari boʻyicha 40 ta hunarmandchilik ustaxonasi joylashgan.

Loyiha qiymati 580 million dollarni tashkil etdi.Turizm majmuasi loyihasi yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga mo‘jallangan.  O‘tgan yilning 15-16-sentyabr kunlari markaz Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilarini qabul qilgan edi.  Shundan so‘ng Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining katta yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2023-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi va UNWTO Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Abadiy shahar” karvonsaroyi, loyiha mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, O‘zbekiston madaniyatining bo‘lajak tashrif qog‘ozi hisoblanadi.  Bu yerda mahalliy xalqlarning taomlari, hunarmandchilik ustaxonalari, yog‘och o‘ymakorligi, sopol buyumlar va kulolchilik, tutdan ipak qog‘oz ishlab chiqarish, taqinchoqlar va gilamlar, shuningdek, ochiq va yopiq bozorlar, xalq tomoshalari va bayramlari namoyish etiladi.

Abadiy shaharga tashrif buyuruvchilar mamlakatning turli davrlari va mintaqalari milliy taomlarini tatib ko‘rishlari va haqiqiy ko‘cha tomoshalarini ko‘rishlari mumkin.  Abadiy shahar mehmonlarga o‘tgan asrlar merosining to‘liq manzarasidan bahra olish uchun Parfiya, Ellin va Islom madaniyatlari chorrahasida bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.  Mazkur loyihaning muallifi va kuratori taniqli zamonaviy rassom Bobur Ismoilov.

“Silk Road Samarkand” majmuasi hududida 18 ming kvadrat metr funksional maydoni boʻlgan yirik kongress markazi joylashgan.  Bino sharqona uslubda katta panoramali derazalar bilan qurilgan.  Zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan yuqori texnologiyali zal kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar, shou va banketlar uchun mo‘ljallangan.  Mehmonlarni keng maydonlar, zamonaviy dizayn va tajribali xodimlar xizmati kutadi.  Majmua yaqinida Samarqanddagi eng yaxshi mehmonxonalar – “Samarkand Regency Amir Temur” va “Silk Road by Minyoun” joylashgan bo‘lib, bu kongress markazida xalqaro miqyosdagi tadbirlarni o‘tkazish imkonini beradi.

Kongress markazi tasarrufida 13 ta konferensiya zallari va majlislar zallari mavjud bo‘lib, ular Buyuk Ipak yo‘li davrida alohida qiymatga ega bo‘lgan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar sharafiga nom olgan.  Zallarga tutash maydonlarda kofe-breyk va ziyofatlar tashkil qilish mumkin.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan