Har qanday biznesmenning orzusi o‘z brendi taniqliligini shunday darajaga ko‘tarishdirki, eng mashhur brendlar haqida so‘ralganda, potentsial xaridor uning mahsuloti yoki xizmatini e’tirof etsin.
Xo‘sh, sayohat biznesida brend taniqliligini qanday oshirish mumkin? Siz yilning eng yirik tadbiri – TXTY-2024 ning rasmiy hamkori bo‘lishingiz mumkin.
Ma’lumki, xalqaro ko‘rgazmalar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z brendini bozorda targ‘ib qilishning asosiy vositasi bo‘lib, kompaniya obro‘sini xalqaro darajaga ko‘tarishning eng a’lo usuli hisoblanadi.
TXTY-2024 yilning eng yirik tadbirlaridan biri boʻlib, unda dunyoning bir qancha davlatlaridan 15 mingdan ortiq mehmonlar – sayyohlik sanoati mutaxassislari ham, xususiy mehmonlar ham kutilmoqda. Shuningdek, Yarmarkada 1500 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi va tashkilotlari vakillari ishtirok etishi ham kutilmoqda.
TXTY-2024 turizm va madaniyat sohasidagi qator xalqaro va mahalliy loyihalarni o‘z ichiga oladi, bunda ishbilarmonlik muhiti va turizm sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Yarmarkada hududiy ma’muriyat vakillari, mahalliy va xorijiy turoperatorlar, yetakchi sayyohlik agentliklari; temir yo‘l va aviakompaniyalar, transport agentliklari, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish obyektlari, turistik dam olish maskanlari, tibbiyot markazlari, sanatoriylar va ixtisoslashtirilgan klinikalar, MICE-turizmga ixtisoslashgan kompaniyalar vakillari va boshqalar ishtirok etadi.
Yarmarka doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlar, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston hududlarining turizm salohiyati taqdimotlari, gastronomik va boshqa ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.
Yarmarkada hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha “Milliy PR-markazi” DUKning tadbirlar bo‘limiga murojaat qiling. Tel.: +998781290990; Elektron pochta: titf@nationalprcentre.com.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan