2024-yilning 23-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, shuningdek, Milliy PR-markazi hamda «Team & Co Group» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan uch kunlik “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2024) 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi yakunlandi. Tadbir ilk bor “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tkazildi va O‘zbekiston va Markaziy Osiyo turizm sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi.

Yarmarka mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratib, O‘zbekistonni jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Noyob sayyohlik marshrutlari va hududiy diqqatga sazovor joylarning taqdimoti mamlakatimizning turli hududlarida qiziqish uyg‘otdi, hamkorlikni kengaytirish va sayyohlarni jalb etishda yangi istiqbollarni ochdi. Keng ko‘lamli tadbir 100 dan ortiq nufuzli ommaviy axborot vositalarining ham e’tiborini tortdi va bu O‘zbekistonning xalqaro maydonda e’tirofining sezilarli darajada oshishiga xizmat qildi.

Yarmarkada O‘zbekiston, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tailand, Chexiya, Indoneziya va boshqa 19 ta davlatdan sayyohlik ma’muriyatlari va xususiy kompaniyalar ishtirok etdi. Unda 54 ta milliy stend namoyish etilib, “Hosted Buyers” dasturi doirasida 30 dan ortiq mahalliy va 7 ta xorijiy turistik kompaniyalar taklif etildi. Uch kun davomida yarmarkaga 20 mingdan ortiq kishi tashrif buyurib, mamlakatning 14 ta viloyatning turizm imkoniyatlari bilan tanishdi. Tadbir davomida 20 000 dan ortiq “B2B” formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ularda 8 000 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Ko‘rgazmaning yopilish marosimida kelasi yili yubiley 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazilishi e’lon qilinib, qator nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar topshirildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkent viloyatlari stendlariga sovrin sifatida elektromobillar taqdim etildi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan