2023-yil 9-fevraldan 11-fevralga qadar Hindistonning Dehli shahrida “SATTE Travel Expo 2023” 30-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmas bo’lib o’tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi ulkan India Expo Mart ko‘rgazma majmuasida mamlakatimizning milliy stendini namoyish etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK vakillaridan iborat.
“SATTE 2023” ko‘rgazmasi doirasida delegatsiyamiz a’zolari Hindiston va Sharqiy Osiyoning yirik sayyohlik agentliklari bilan muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar davomida Hindistonlik hamkasblar Markaziy Osiyoning eng yirik turistik tadbiri haqida ma’lumot oldilar hamda joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga taklif etildilar.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan