Joriy yilning 19-21 mart kunlari Moskva shahrida “MITT” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari jahon sayyohlik assotsiatsiyalari va soha ma’muriyatlari vakillari bilan uchrashish, yangi mijozlar va hamkorlar topish, turli biznes-dastur tadbirlarida turizm sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik tadbiri – TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan