Joriy yilning 7-9-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi.

Xalqaro ko‘rgazmada qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari xodimlaridan iborat.

“ITB Berlin” doirasida delegatsiyamiz aʼzolari Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarining yirik sayyohlik agentliklari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida yevropalik hamkasblar Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik tadbiri haqida ma’lumot oldilar va shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentga taklif etildilar.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan