O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUK “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2025) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2025) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 20-aprel, soat 16:00 ga qadar.
“Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatning jozibador turistik qiyofasini yaratish, shuningdek, xorijiy turistlar oqimini jalb etish, milliy turizm mahsulotlarining xalqaro turizm bozorida, jumladan professionallar va oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yil TXTY-2025 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 2025-yilning 20-22-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar, TXTY tashkilotchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
2)TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan