15-noyabr kuni Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (keyinchalik – TXTY-2023)ning tantanali ochilishi   bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi”  davlat unitar korxonasi, “Team & Co Group” kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir.

“Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi  TXTY-2023 ning bosh hamkori sifatida ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, yarmarka o‘tkaziladigan joy sifatida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyoni tanlandi.

Malumot uchun:

TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazma butun dunyodan sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini o‘zida jamlaydi va ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

TXTY-2023 ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, “ Uzbekistan airways ” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Xusanov, Qirg‘iziston Respublikasi Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi prezidenti Abulqosim Sherniyazov, Ozarbayjon Respublikasi Turizm davlat agentligi raisi maslahatchisi – Kenan Guluzade, shuningdek, yarmarka ishtirokchilari, mahalliy va xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari so‘zga chiqdilar.

Mazkur yarmarka doirasida 20 ta xorijiy davlatlar (jumladan, Chexiya, Malayziya, Gruziya, Ozarbayjon, Tailand, Rossiya va boshqalar), Oʻzbekistonning 14 ta viloyati, xususiy sayyohlik kompaniyalari, xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi va otellar, aviakompaniyalar, yetakchi sayohat hamda transport kompaniyalari, onlayn bron qilish tizimlari ishtirokida turizm koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. Shuningdek, mashhur oshpazlar ishtirokidagi gastro-bozor, turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar, jumladan, “BBC World News”, “Lonely Planet” va boshqalar ishtirokida turli mavzularda muhim sessiyalar va turli mamlakatlarning xususiy kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etildi.

TXTY-2023 ga chet elga sayyohlar jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi (hosted buyers – professional xaridorlar) 15 ta xorijiy va 50 dan ortiq mahalliy turistik kompaniyalar ham taklif etilgan.

Bu yil yarmarka butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ko‘p jihatdan ushbu sohaning barcha vakillari: ishbilarmon doiralar, yetakchi sayyohlik kompaniyalari xodimlari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, turizm sohasidagi ta’lim muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, MICE turizm vakillari uchun samarali bo‘lishi kutilmoqda.

Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish va xorijiy mamlakatlarning rang-barang muhiti, madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yangi manzillarning turizm salohiyatiga baho berish mumkin bo‘ladi.

TXTY-2023 mintaqadagi turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirgan va turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik geografiyasini 2023-yilda TXTY-2023ni hamkorlikda qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaydi. TXTY-2023 ning moliyaviy hamkori “ASIA ALLIANCE BANK”, axborot hamkorlari “Dunyo bo‘ylab” va “Profi travel” hamda boshqa mahalliy va xorijiy OAV hamda kompaniyalar bo‘ldi. Mahalliy hamkorlar bilan bir qatorda TXTY-2023 tashkilotchilari tomonidan
28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida eko-sumkalar hamkori sifatida ishtirok etayotgan Moskva turizm qo‘mitasi – “Discover Moscow” bilan kelishuvga erishildi.

TXTY-2023 mintaqadagi turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirgan va turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirgan O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi eng yorqin xalqaro tadbirga aylandi.

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan