2024-yilning 5-7-mart kunlari Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, turoperatorlar, onlayn platformalar, aviakompaniyalar va boshqa turizm sohasi mutaxassislarini bir joyda jamlagan dunyodagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi – “ITB Berlin” (Internationale Tourismus-Börse Berlin) ishida ishtirok etdi.
Berlindagi Messe Berlin ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 180 dan ortiq davlatdan 11 mingdan ortiq turizm va turdosh soha vakillari o‘z stendlari bilan ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik tadbiri – TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Ishtirok etgan tashkilotlar
Imzolangan shartnomalar
Tashrif buyuruvchilar
OAVda yoritilgan