Manzil:  “O’zekspomarkaz”, Toshkent, O‘zbekiston

Tadbir joyi: 2-pavilyon, Bosh sahna

Sana va vaqt: 16-noyabr, 14:00 – 15:30

 

“Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasidagi Xalqaro forumda 16-noyabr kuni soat 14:00 da “Barqaror turizm” mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Panel sessiyada turizm va mehmondoʻstlik sohasida PR va strategik marketing boʻyicha Xalqaro biznes eksperti kabi yetakchi xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Sessiyada iqlim o‘zgarishi sharoitida turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari, turizmning atrof-muhitga va mahalliy aholiga ta’siri, turizm sanoatida chiqindilar va energiya sarfini kamaytirish chora-tadbirlari, ekoturizm va dam olishning muqobil shakllarini rivojlantirish, sayyohlik faoliyatiga mahalliy aholini jalb qilish, turizmni rivojlantirishda madaniy meros va diqqatga sazovor joylarni asrab-avaylash, turistlar uchun barqaror harakat va transport yechimlari ilgari suriladi.

Buyuk Britaniya va Turkiyadan xorijiy va mahalliy vakillar “O‘zbekiston mehmonxona biznesida yashil texnologiyalar: barqarorlik va sertifikatlashtirishga yo‘l”, “Barqaror turizmda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning ahamiyati” mavzularida ma’ruza qiladilar. Shuningdek, “BMTning turizm va barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)” mavzusidagi taqdimot qiladilar.

https://titf.uz/uz/mehmon-sifatida-ro-yhatdan-o-tish/  havolasi orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan