“Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining bosh hamkori bilan tanishtiramiz – “Uzbekistan Airways ”aviakompaniyasi.

“Uzbekistan Airways” brendi butun dunyoda barqaror, xavfsiz va ishonchli aviatashuvchi sifatida tanilgan va tan olingan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 75 dan ortiq yo‘nalishlar, jumladan, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaga parvozlarni amalga oshiradi. Joriy yilda aviakompaniya Goa, Maxachqala, Mumbay va Xanchjou kabi shaharlarga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi.

Tadbirimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga minnatdorchilik bildiramiz! Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik tadbiriga qo‘shiling!

TXTY-2023 statistikasi

300

Ishtirok etgan tashkilotlar

8000

Imzolangan shartnomalar

13500

Tashrif buyuruvchilar

60

OAVda yoritilgan